Van Nistelroy "Manchester Yunayted" bilan xayrlashdi

Mirjalol Normatov
15 noya 2024, 23:22
Rud van Nistelroy "Manchester Yunayted" bilan xayrlashuvchi post qoldirdi.

Ushbu mavsumda sobiq futbolchi Erik ten Xagdan qolgan o'rinni vaqtinchalik egallab turdi va 4 o'yinda jamoani boshqardi. 11 noyabr kunidan e'tiboran jamoa boshqaruvi Ruben Amorimga topshirildi.

"Manchester Yunayted"dagi barchaga - xizmatchilar, ishchilar, futbolchilar va muxlislarga rahmat aytaman. Aqlbovar qilmas e'tiboringiz va quvvatlovingiz uchun minnatdorman.

Bu klubda nafaqat futbolchi, balki, yordamchi murabbiy, bosh murabbiy sifatida ishlash men uchun katta afzallik bo'ldi va yaxshi xotiralar taqdim qildi.

"Manchester Yunayted" mening yuragimda doimo o'zgacha o'rin tutadi. Umid qilamanki, "Old Trafford"ga shonli kunlar qaytmoqda. Barchangizga eng yaxshi tilaklarni tilayman. O'zingizni asrang", - deb yozadi Nistelroy o'z instagramida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/rvnistelrooij