Van Gal: "De Ligt o'rnida "Barselona" yoki "Manchester Siti"ga o'tgan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2019, 11:35
"Ayaks" va "Barselona" sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal amstyerdamliklar himoyachisi Mateys de Ligtga yozgi transfer oynasida Kataloniya klubiga o'tishni maslahat berdi.

"De Ligt har qanday ligada o'ynab keta oladi. Italiya himoyachilari bilan mashhur, Mateys u yerda o'rganib, o'sishi mumkin. Ammo uning o'rniga "Barselona"ga o'tgan bo'lardim. Kataloniya klubining himoyachilari kuchli, shu sababli de Ligt ko'k-anorranglilar safida o'ynab ketgan bo'lardi. Boshqa variant? Menga "Manchester Siti" yoqadi" - deydi van Gal.

Mateys "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsum u Gollandiya chempionatining 28ta o'yini maydonga tushib, 2ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca