Van de Bek MYUda yiliga 6 mln evro maosh oladi

Alisher
1 sen 2020, 18:10
"Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bekning MYUdagi maoshi qanchaligi ma'lum bo'ldi.

23 yoshli o'yinchi Angliya klubida yiliga 6 million evro maosh oladi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, transfer 40 mln evro+bonuslar evaziga amalga oshadi. Niderlandiya terma jamoasi o'yinchisi tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgan.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira