"Valensiya" Xilni yana ijaraga oladi

Alisher
22 avg 2022, 17:17
"Valensiya" "Tottenxem" yarim himoyachisi Brayan Xilni ijaraga olishga yaqin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Xil "Valensiya"ga xarid qilish huquqisiz ijara asosida o'tadi. Eslatib o'tamiz, ispan "Tottenxem"ga o'tgan yozda "Sevilya"dan o'tgandi, ammo Londonda kerakli o'yin amaliyotini olmadi.

Xil o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Valensiya"da ijarada o'tkazdi.

21 yoshli xavbek "ko'rshalaklar" safida La Liga doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano