Barselona himoyachisi Jerar Pike Valensiyaga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.
Pike Leganes bilan o'yinda (3:0) mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasini oldi. Bosh hakam Undiano Malenkoning qaydnomasiga ko'ra, Pike to'p bilan bo'lgan raqibni ushlab qolgani uchun ogohlantirilgan.