Valdano: "Neymar Messidan qochdi, ammo endi Mbappe u uchun bosh og'rig'iga aylanadi"

Aslanov Jasurbek
25 okt 2017, 12:35
"Real" sobiq bosh direktori Xorxe Valdanoning fikricha, Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar "Barselona"dan PSJga o'tib o'z muammosini hal qilgani yo'q.

Valdanoning so'zlariga ko'ra, braziliyalik Kataloniya klubida Messining soyasida qolib ketmaslik uchun Parij jamoasiga o'tgan.

"Mbappe "Golden Boy" sovrinini qo'lga kiritdi va fikrimcha, bu adolatli qaror bo'ldi. O'ylashimcha, Mbappe Neymar uchun muammoga aylanadi. U Messidan qochgan edi, ammo endi Mbappega to'qnash keldi" - deydi Valdano.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS