Vadim Abramov: "Dinamo" bilan shartnoma imzolaganim yo'q"

Iskandarov Abdulaziz
9 avg 2022, 14:49
Biroz avval Vadim Abramov "Dinamo" klubi bosh murabbiyi bo'lgani haqida xabar chiqqandi.


Vadim Abramov - "Dinamo" bosh murabbiyi


Biz murabbiy bilan boag'landik va fikrlari bilan qiziqdik. 

- Vadim Karlenovich yangi lavozim bilan tabriklayman.

- Qanday lavozim bilan? 

- "Dinamo" klubi bosh murabbiyi bo'libsiz-ku!

- Yo'q, hali rasman bosh murabbiy bo'lmadim. 

- Samarqand klubi bu haqda rasman e'lon qildi-ku.

- "Dinamo" xabar chiqarishda shoshdi, deb o'ylayman. Chunki hali klub bilan shartnoma imzolaganim yo'q. Faqat telefon orqali qo'ng'iroqlashdik. Ertaga barchasiga oydinlik kiritiladi",- deydi Vadim Abramov championat.asia saytiga.


Narzulla suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia