Urugvayda "Vilyareal"ning sobiq futbolchisi daraksiz g'oyib bo'ldi

Mirjalol Normatov
7 mar 2021, 16:41
"Vilyareal"ning sobiq futbolchisi Franko Akosta Urugvayda daraksiz g'oyib bo'ldi.

"AS" nashrining yozishicha, Akosta akasi bilan birga ko'ldan suzib o'tmoqchi bo'lgan. Ammo faqatgina futbolchining akasi qirg'oqqacha yetib kelgan. Ayni damda Akostani qidirish uchun juda katta guruh ishlamoqda.

25 yoshli Akosta 2015-2020 yillar davomida "Vileral" tarkibida o'ynagan. Hozirgi paytda esa u Urugvayning "Atenas" sharafini himoya qilayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS