"Ural" nazorat o'yinida "soqqa" ishlab olishga urindimi?

Aslanov Jasurbek
9 fev 2018
Kelishilgan o'yinlarni aniqlaydigan Federbet notijorat tashkiloti Rossiyaning "Ural" hamda Belorusning "Gomel" klubi o'rtasidagi nazorat uchrashuvida shubhali tikishlar haqida ma'lum qildi.

Ma'lumot birinchi bo'lim yakunlanishidan oldin yetib keldi.

Aleksandr Tarxanov shogirdlari 5:2 hisobida irodali g'alabaga erishdi.

"Juda ko'p tikishdi. Uchrashuv kelishilgan bo'lishi mumkin. Birinchi bo'limda "Gomel"ning g'alabasiga, uchrashuvda esa "Ural"ning muvaffaqiyatiga tikishmoqda. Uchrashuvda kamida 4ta gol bo'lishi va Rossiya klubi 2ta to'p farqi bilan g'alaba qozonishiga pul tikishga urinishmoqda. "Ural 3:1 hisobida zafar quchsa kerak" - dedi Federbet rahbari Franchesko Baranka birinchi bo'lim yakunlanishidan oldin.

"Bu men ko'rgan eng shubhali bahs. Faoliyatimda hali bunaqasi bo'lmagan. O'rtoqlik uchrashuvlari kelishilgan o'yinlarni tashkillashtirish uchun mashg'ulotga aylanmoqda" - deydi Baranka.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com