Umtiti Turkiya klubiga o'tishni istamadi

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2022, 19:39
Fransiyalik himoyachi Kataloniyada qolmoqchi.

"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti "Fenerbaxche"ga o'tishdan bosh tortdi, deya xabar berdi "Fanatik". "Kanareykalar" futbolchiga shartnoma taklif etishga tayyor edi, biroq o'yinchining o'zi faoliyatini Turkiyada davom ettirishga qiziqish bildirmayapti.

Umtiti kataloniyaliklar sotishni xohlagan futbolchilar ro'yxatida turibdi. 

Fransiyalik "ko'k-anorranglilar" safidan ketishga rozi, faqat katta maqsadlarni ko'zlagan klubga o'tmoqchi.

28 yoshli markaziy himoyachi ushbu mavsumda La Liganing bir o'yinida maydonga tushdi, xolos.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fanatik