Ummon - futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga chiqqan beshinchi jamoa

Xayrulla Xoliqov
23 okt 2019, 14:46
2020 yilning 24 fevral - 10 mart kunlari Turkmanistonda futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

G'arbiy mintaqada saralash o'yinlari o'z nihoyasiga etdi. O'z guruhlarida birinchi-ikkinchi o'rinlarni qo'lga kiritgan Quvayt, Livan, Bahrayn va Saudiya Arabistoni futzal terma jamoalari Osiyo chempionatiga yo'l olgani haqida xabar bergandik. 

OFK G'arbiy mintaqa uchun 5ta yo'llanma ajratgan. Kecha o'z guruhlarida uchinchi o'rinni egallagan BAA va Ummon terma jamoalari o'zaro kuch sinashib, bunda ummonliklar 5:1 hisobida zafar quchishdi. Shunday qilib Ummon futzal terma jamoasi qita birinchiligiga yo'l olgan beshinchi jamoa bo'ldi. 

Eslatib o'tamiz, Turkmanistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida 16ta jamoa ishtirok etadi va yakunda kuchli beshlikdan joy olgan jamoalar 12 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Litvada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanma olishadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia