

- "Rubin" varianti qanday paydo bo'ldi? His-tuyg'ular qanday?
- Bu yerda meni yaxshi kutib olishdi, hammasi zo'r. Agent menga "Rubin" varianti borligi haqida gapirdi. Murabbiy va jamoadoshlarim bilan maslahatlashib, ketishga qaror qildim. O'zimni Rossiya futbolida sinab ko'rishni istadim. Yashirmayman, orzum Yevropada o'ynash, "Rubin" esa o'zimni ko'rsatishim uchun ajoyib imkoniyat. Endi futbol maydonida borimni berishim kerak.

- "Rubin" klubi haqida nima deya olasiz?
- Bu yerda futbol uchun hamma narsa bor. Tashkilotchilik, mashg'ulotlar, umuman, barcha sharoitlar etarli. Baza va kademiyada yaxshi sharoit mavjud. Qozonni biroz aylanib chiqdim, shahar go'zal. Birinchi mashg'ulotni o'tkazdim, o'zimni yaxshi his qildim.
- Jamoadoshlaringiz bilan tanishib ulgurdingizmi?
- Ha. Bezrukov bilan suhbatlashdim, u birinchi mashg'ulotda menga katta yordam berdi. Murabbiylar ham zo'r qarshi olishdi, hech qanday muammo yo'q. Bazada Yuriy Dyupin bilan bir xonaga joylashtirishdi, u bilan ham ko'p gaplashdik. U mendan katta va ko'maklashib turibdi.

- Yozda "Rubin"ga o'tishingiz haqida ma'lum bo'lgandi. "Rubin"ni kuzatib bordingizmi?
- Ha, kuzatib bordim. Uchrashuv va mashg'ulotlarini ijtimoiy tarmoqlardagi videolar orqali tomosha qildim. Rossiyada futbol tajovuzkor va kurashlarga boy.
- O'zbekistonda Kante degan laqabingiz bor, deyishadi. Demak, bunday futbol sizga begona emasmi?
- Ha. 2015 yil "Bunyodkor" akademiyasida katta yoshli yigitlar shunday nom qo'yishgan.
- Qaysi poziciyada o'ynash siz uchun qulay?
- Murabbiy qaroriga bog'liq. Men "oltinchi" bo'lib o'ynay olaman, yani tayanchda. O'zbekiston chempionati ikkinchi davrasida insayder poziciyasida o'ynadim, bu "sakkizinchi". Nima bo'lganda ham, murabbiy qo'ygan poziciyaga ko'nikaman.
- Qanday kuchli tomonlaringizni ajratib ko'rsata olasiz?
- Ko'pchilikning aytishicha, ko'p mehnat qilib, to'pni olib qo'yishda yaxshi o'ynayman. Menga o'z-o'zimga baho berish qiyin.
- Mavsum uchun o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ydingiz?
- Har doim jamoaviy maqsadlar ustuvor. Keyin shaxsiy maqsadlarga e'tibor qarataman. Men o'zimga va butun O'zbekistonga o'zbek futbolchilari Rossiyada ham o'ynay olishi mumkinligini ko'rsatmoqchiman.



