"Ular bu kecha hammamiz biladigan o'sha "Bavariya" edi"

Tolibjon Qosimov
6 mar 2024, 12:58
Kecha tunda YCHL 1/8 final javob o'ynlariga start berildi.

"Lacio" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyat (0:3)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ularning ikkinchi golidan keyin yangi o'yin boshlandi. Birinchi bo'lim juda yaxshi darajada o'tdi. Ular bu kecha hammamiz biladigan o'sha "Bavariya" edi. Bu musobaqada barcha jamoalar bor kuchi 100 foizga ishga soladi, biz bahsni yaxshi o'tkaza oldik. Ikkinchi goldan keyin biz g'azablangan va bu vaziyatni to'g'rilashga bo'lgan ishonchni yo'qotgan holda kiyinish xonasiga yo'l oldik", - deya Sarrining so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com