Ukraina chempionati. Peshqadam o'z maydonida mag'lub bo'ldi

Ukraina permer ligasining 16-urida peshqadam “Shaxtyor” kutilmaganda “Aleksandriya”ga imkoniyatni boy berdi.

Xarkovdagi “Metallurg” stadionida o'tgan bellashuvning 15-daqiqasida Artyom Polyarus mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsada, oradan uch daqiqa o'tmay Bernard hisobni tenglashtirdi. 27-daqiqada Polyarus “dubl”ni rasmiylashtirdi va yakunda bu jamoasiga safarda muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Ukraina - Premer-liga. 16- tur

Shaxtyor D –Aleksandriya 1:2

Gollar: 0:1 – Polyarus – 15, 1:1 – Bernard – 18, 1:2 – Polyarus – 27


Manba: championat.asia