UEFA.com: YCHL. Nimchorak final o'yinlarining ramziy terma jamoasi

Aziz Tukhtamuradov
27 fev 2015
UEFA rasmiy sayti Chempionlar Ligasi nimchorak finalining dastlabki o'yinlaridan kelib chiqqan holda, ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
Darvozabon: Bernd Leno ("Bayer")

Faqatgina "Bayer" o'z maydonida "quruq" o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. "Atletiko"ga qarshi o'yinda darvozabonning xizmatlari evaziga germaniyaliklar darvozasi daxlsizligi saqlanib qolindi.

Himoyachi: Branislav Ivanovich ("Chelsi")

Himoyachining muhim o'yinlarda muhim gollar kiritishi odatiy holga aylanmoqda. Futbolchi Parijdagi o'yinda ham Terri va Kexillarning to'p oshirishlarini golga aylantira oldi.



Himoyachi: Vyacheslav Shevchuk ("Shaxter")

Hattoki Tomas Myuller bilan to'qnashuvdan so'ng ham futbolchi o'yinda o'zini ko'rsata olishga muvaffaq bo'ldi.



Himoyachi: Aymen Abdennur ("Monako")
Agar Rikardu Karvalyu va Andrea Rajilar jarohatlari sababli zahira o'rindig'ida bo'lmaganlarida, Aymen hattoki o'yin qaydnomasiga ham kiritilmagan bo'lardi. U Londondagi o'yinda ishonchli tarzda harakat qila oldi.


Himoyachi: Marselo ("Real")

Futbolchi "Shalke"ga qarshi o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlash bilan birgalikda gol kiritishga ham muvaffaq bo'ldi.



Yarim himoyachi: Fabian Fray ("Bazel")
Bugungi "Bazel"ni Fabian Fraysiz tasavvur qilish qiyin. U buni "Portu"ga qarshi o'yinda ham isbotladi.


Yarim himoyachi: Xakan Chalxanoglu ("Bayer")

"Atletiko"ga qarshi o'yinning 57-daqiqasida Bellarabi oshirib bergan to'pni Turkiya terma jamoasi futbolchisi o'zining kuchli zarbasi bilan raqiblar darvozasiga to'g'irlab qo'ydi.


Yarim himoyachi: Fabino ("Monako")
Fabino aslida himoyachi hisoblanadi. Ammo, Jeremi Tulalanning yo'qligi futbolchini yarim himoyada o'ynashiga sabab bo'ldi.  21 yoshli futbolchi esa ushbu chiziqda o'zini har tomonlama ko'rsata oldi.


Hujumchi: Luis Suares ("Barselona")

Suares Angliyaga qaytishni dubl bilan nishonladi. Uning ushbu o'yindagi harakatlari "Barselona"ning keyingi bosqichga chiqish ishini judayam osonlashtirdi.


Hujumchi: Krishtianu Ronaldu ("Real")

Portugaliyalik futbolchi o'tgan mavsumda Gelzenxirkenda ikkita gol kiritishga muvaffaq bo'lgandi. Bu safar esa u bitta gol kiritdi va uni Raulni rekordini takrorlashdan bitta gol ajratib turibdi. 


Hujumchi: Alvaro Morata ("Yuventus")

Alvaro Morata "Borussiya"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindagi g'alabada hal qiluvchi vazifani bajarish bilan birgalikda golli uzatma muallifiga aylanishga ham muvaffaq bo'ldi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia