UEFA yoshlar ligasi yakunlandi. Finalda "Chelsi" mag'lub bo'ldi (FOTO+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
24 apr 2018, 11:06
Kecha, 23 aprel kuni Shveytsariyaning Non shahrida UEFA yoshlar ligasi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Kolovrey" stadionida o'tgan bahsda "Chelsi" va "Barselona" yoshlari ishtirok etishdi. Sovrin uchun o'yin 3:0 hisobida Kataloniya klubining g'alabasi bilan yakunlandi. Ko'k-anorranglilar safidan gollarni Alexandro Markes (33, 52) va Abel Ruislar (90+2) urishdi.

"Chelsi" - "Barselona" 0:3

Gollar: Alexandro Markes 33, 52, Abel Ruis 90+2.

"Chelsi": Jeymi Kamming, Ris Jeyms, Dyujon Sterling, Mark Gei (Jorj Makikran 58), Joshua Grant, Jeykob Meddoks (Tarik Lempti 73), Xarvi Seynt-Kler, Lyuk Makkormik, Dayshon Redan (Charli Braun 67), Kallum Xadson-Odoi, Xuan Familio-Kastilo.

"Barselona": Ignasio Penya, Oskar Mingesa, Xuan Brandaris, Xandro Orelyana (Dani Morer 74), Abel Ruis, Aleks Kolyardo, Karlos Peres, Rikard Puch (Marti Vila Garsiya (90+3), Alexandro Markes (Gilem Xayme 80), Xuan Miranda, Mateu Morey.











TAS-IX emas



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia