UEFA PSJga qarshi ish ochdi

Aziz Tukhtamuradov
5 noya 2022, 08:38
UEFA muxlislar sabab PSJga nisbatan intizomiy chora ko'rishi mumkin.

Parijlik muxlislar YCHL doirasida "Yuventus"ga qarshi uchrashuvda yonuvchi moddalar ishlatishgan va maydonga turli buyumlar uloqtirishgan. Ish noyabr oyi oxirida UEFA ahloq qo'mitasi tomonidan ko'rib chiqiladi. 

Avvalroq UEFA YCHL doirasida PSJ - "Makkabi" o'yinidan so'ng ham ish ochgandi. O'shanda muxlislar pirotexnika vositalarini ishlatishgan va Falastinga oid banner ko'tarishgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA