UEFA "Liverpul" - "Barselona" uchrashuviga Chaqirni chaqirdi

Aslanov Jasurbek
6 may 2019, 18:14
"Liverpul" hamda "Barselona" o'rtasidagi Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida ishlaydigan hakamlar e'lon qilindi.

Ushbu bahsni Junayt Chaqir boshchiligidagi hakamlar boshqaradi. Chaqirga qanotlarda Tarik Engyun va Baxattin Duran yordam beradi. VAR pulti oldida Feliks Cvayer va Sasha Shtegemannlar ishlaydi. To'rtinchi referi Artur Diash.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" hamda "Liverpul" o'rtasidagi ilk bahs 3:0 hisobida Kataloniya klubi g'alabasi bilan yakunlangan edi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA