UEFA Yevropa Superkubogi formatini o'zgartirmoqchi

Sherzod Nurmatov
17 avg 2023, 17:06
Yaqin kelajakda yangiliklarga qo'l urilishi mumkin.

UEFA kelasi yildan boshlab Yevropa Superkubogi formatini o'zgartirish istagida. Bu haqda "Calcio e Finanza" xabar berdi.

Hozirgi bir o'yindan iborat Superkubok final to'rtligi mini-turniriga aylanishi mumkin. Biroq musobaqada ishtirok etadiganlar uchun hali aniq mezonlar yo'q.

"Manchester Siti" UEFA Superkubogining amaldagi sohibi hisoblanadi. "Shaharliklar" "Sevilya"ni penaltilar seriyasida mag'lub etishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calcio e Finanza