UEFA Yevropa Ligasi finalidan so'ng "Tottenxem"ga medallar etmay qolgani uchun uzr so'radi

Sherzod Nurmatov
23 may 2025, 17:33
UEFA vakili Yevropa Ligasi finalida g'alaba qozongan "Tottenxem"ga medallar yetishmagani yuzasidan fikr bildirdi.

21 may kuni londonliklar hal qiluvchi o'yinda "Manchester Yunayted"ni 1:0 hisobi bilan mag'lub etdi. Yagona golni Brennan Jonson urdi. O'yin yakunida "shporlar"ning 3 nafar futbolchisiga oltin medallar yetishmay qoldi.

"Afsuski, taqdirlash marosimida o'yinchilar sonidagi kutilmagan farq tufayli sahnada topshirish uchun etarli miqdorda medallarimiz bo'lmadi.

Marosimda jamoaning ko'plab vakillari, jumladan, dastlab mo'ljallanganidan ko'proq jarohatdagi futbolchilar ishtirok etdi.

Yetishmagan medallar darhol g'olib jamoaning kiyinish xonasiga etkazildi va bu xato uchun chin ko'ngildan uzr so'radik", – dedi UEFA vakili.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Reuters