U-23 Osiyo chempionati. Yarim final juftliklari va taqvim bilan tanishing

Eldor Akmurzayev
19 yanv 2020, 20:25
Bugun 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatining barcha yarim finalchilari ma'lum bo'ldi.

O'zbekiston OTJ ushbu bosqichda Saudiya Arabistoniga qarshi to'qnash keladi. Bellashuv 22 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 15:15da boshlanadi. Shu kuni, Avstraliya – Janubiy Koreya olimpiyachilari o'rtasidagi bellashuv ham o'tkaziladi.

15:15, Saudiya Arabistoni – O'zbekiston

18:15, Avstraliya – Janubiy Koreya

Ma'lumot o'rnida, finalga yo'l olgan hamda uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar joriy yilgi Tokio Olimpiadasiga yo'l olishadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia