U-23 OCH saralashi. O'zbekiston joylashgan guruh taqvimi

Narzulla Saydullayev
7 noya 2018
Keyingi yil mart oyida O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi.

Bugun saralash bosqichiga qur'a tashlandi. O'zbekiston guruhda Tojikiston, Pokiston va Hindiston bilan kuch sinashadi.

Ushbu guruh o'yinlari Toshkentda 22-26 mart oralig'ida bo'lib o'tadi.

Guruhda birinchi o'rinni olgan jamoa Tailandda bo'ladigan Osiyo chempionatiga chiqadi. 11ta guruhdan beshtasida ikkinchi o'rinni olgan jamoalar ham yo'llanmaga ega bo'lishadi.


TAQVIM
22 mart

O'zbekiston - Pokiston
Tojikiston - Hindiston

24 mart
Pokiston - Tojikiston
Hindiston - O'zbekiston

26 mart
O'zbekiston - Tojikiston
Hindiston - Pokiston


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia