U-20 o'rtoqlik o'yini. Bugun Osiyo chempionlari Rossiyaga qarshi o'ynaydi

Eldor Akmurzayev
28 mar 2023, 07:35
Bugun, 28 mart kuni 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogida zafar quchgan O'zbekiston termasi Rossiya bilan bahslashadi.

Uchrashuv 12:00 da “Jar” stadionida o'tishi rejalashtirilgan. Avvalroq, Ravshan Haydarov mazkur o'yin uchun futbolchilar qaydnomasini e'lon qilgandi.

Darvozabonlar: Edem Nemanov, Asrorbek Kenjaev, Otabek Boymurodov.

Himoyachilar: Mahmudjon Mahamadjonov, Saidafzalxon Axrorov, Jahongir O'rozov, Javoxir Otamurodov, Diyorbek Ortiqboev, Izzatillo Po'latov, Zafarmurod Abdirahmatov, Abubakir Ashurov.

Yarim himoyachilar: Sherzod Esanov, Abbos Fayzullaev, Shahzodbek Rahmatullaev, Nodirbek Abdurazzoqov, Shahzod Akramov, Shahzod Nematjonov, Behruz Asqarov, Shaxriyor Jabborov, Muzaffar Mo'minov, Aziz Xolmurodov, Umid Sultonov.

Hujumchilar: Po'latxo'ja Xoldorxonov, Asadbek Jo'raboev, Mahmud Jo'raboev.

"Lokomotiv"ning asosiy darvozaboni va "Spartak" jokeri - Toshkentda o'tkaziladigan O'zbekiston va Rossiya U-20 terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga mehmon jamoadan kimlar tashrif buyuradi?

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia