U-20 JCH. Gvatemala Argentinani josuslikda aybladi

Оқил Абдубарноев
22 may 2023, 23:11
U-20 jahon chempionatining 2-turidan oldin gvatemalaliklar shikoyat bilan chiqishdi.

Ertaga yoshlar o'rtasidagi mundialning "A" guruhidan o'rin olgan Argentina - Gvatemala uchrashuvi bo'lib o'tadi. Mazkur o'yin oldidan bahs-munozara yuzaga keldi: gvatemalaliklar mezbonlarni josuslikda aybladi.

Gap shundaki, mezbonlar delegaciyasi vakillaridan biri Gvatemala a'zolari uchun ajratilgan kiyinish xonasiga kirib, markaziy ameriklarga tegishli o'yin strategiyasi va boshqa hujjatlarni suratga olgan. Bu haqda mehmonlar FIFAga xabar berishgan.

Terma jamoa murabbiyi Rafael Loredo mazkur holatni tasdiqlab, bu adolatdan emasligini aytdi hamda FIFAni tegishli chora ko'rishga chaqirdi.

Eslatib o'tamiz, mazkur guruhdan O'zbekiston va Yangi Zelandiya terma jamoalari ham o'rin olishgan. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Clarin