U-19 ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati: Tailand – O'zbekiston uchrashuvi prevyusi

Aslanov Jasurbek
21 okt 2017, 11:27
Bugun, 21 oktyabr kuni O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Osiyo chempionati “A” guruhi 3-turida Tailandga qarshi maydonga tushadi.

Har ikki jamoa guruh bosqichining dastlabki ikki o'yinida mag'lubiyatga uchragan holda pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyatini yo'qotdi. O'zbekiston termasi dastlab Xitoyga (0:2), keyin esa KXDRga (0:2) mag'lub bo'ldi. Tailand esa mos ravishda KXDR (0:9) va Xitoyga (0:2) yutqazdi.

Bugunli bellashuv har ikki terma jamoa uchun hech qanday ahamiyat kasb etmasa-da, hech bo'lmaganda turnirni ochko bilan yakunlash imkoniyatini beradi.  

“Tailandga qarshi hujumkor o'yin namoyish qilamiz. Dastlabki ikki o'yinda raqibdan kelib chiqib bor e'tiborni hujumga qaratishdan cho'chigan edik, ammo bugun g'alaba qozonish uchun hujum qilamiz”, – dedi Bahrom Norsafarov bo'lajak o'yin oldidan.

O'zbekiston va Tailand U-19 terma jamoalari bugungi to'qnashuvga qadar ikki bor o'zaro bahs olib borgan. Har ikkisida ham tailandlik qizlarning qo'li baland kelgan edi. Bahrom Norsafarov shogirdlari o'zaro qarama-qarshilikdagi hisobni qisqartirish imkoniyatiga ega.

O'zbekiston va Tailand o'yini bilan bir vaqtda guruh yetakchilari KXDR va Xitoy o'zaro kuch sinashadi.  Har ikki o'yin Toshkent vaqti bilan 12:00 da boshlanadi.

U-19 ayollar o'rtasida OCH
Nankin shahri, Xitoy
“A” guruhi, 3-tur

12:00  Tailand – O'zbekiston 
12:00  Xitoy – KXDR

U-19 ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati "A" guruhi 2-turidan keyin turnir jadvali quyidagi ko'rinishni olgan. 

#

Jamoa

O'

G'

D

M

TN

O

1

KXDR

2

2

0

0

+11

6

2

Xitoy

2

2

0

0

+4

6

3

O'zbekiston

2

0

0

2

-4

0

4

Tailand

2

0

0

2

−11

0

Tailand – O'zbekiston uchrashuvini quyidagi havola orqali onlayn tomosha qilish mumkin.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com