U-17 Jahon chempionati. Mali - O'zbekiston uchrashuvida urugvaylik hakamlar ishlaydi

Narzulla Saydullayev
9 noya 2023, 10:11
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ertaga Maliga qarshi uchrashuv bilan U-17 Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.

Mazkur o'yinda futbolchilarimiz to'liq ko'k libosda, darvozabonimiz esa to'q sariq libosda harakatlanadi.

Uchrashuvni urugvaylik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam - Texera Gustavo, unga qanotlarda hamyurtlari Barrerio Karlos va Nievas Andres yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Aranda Aprismanga (Indoneziya) topshirilgan.

Eslatib o'tamiz, Mali - O'zbekiston o'rtasidagi JCH uchrashuvi 10 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da start oladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz