Tuxel "Leyptsig"ga qarshi o'yin oldidan: "PSJ yarim finalda, chunki biz bunga haqlimiz"

Alisher
18 avg 2020, 12:10
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel CHL yarim final doirasidagi "Leyptsig"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz yarim finaldamiz, sababi biz bunga haqlimiz. Biz ajoyib mavsum o'tkazdik, ko'p ishladik va har bir o'yinga jiddiy yondashdik.

Biz tarix haqida emas, faqat hozirni gapiramiz. Biz muvaffaqiyatga intilamiz. Qilayotgan mehnatlarimiz samara berishini xohlaymiz.

"Leyptsig" ham "Atalanta"ga o'xshab yuqori pressing qiladigan, yosh va tezkor jamoa. Ularning ham, bizning ham o'z uslubimiz bor. Biz "Leyptsig"ning taktikani o'yindan o'yinga o'zgartirishini bilamiz. Ular shuningdek o'yin davomida ham moslashishlari mumkin.

Mbappe "Atalanta"ga qarshi o'yinda 30 daqiqa o'ynadi. U "Leyptsig"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin", - deydi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, "RB Leyptsig" - PSJ o'yini bugun bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com