Tuxel: "Hech qaysi murabbiy Messini rad etmaydi"

Alisher
24 avg 2020, 15:20
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Barselona" hujumchisi Lionel Messining ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Shubhasiz biz Messi bilan shartnoma imzolashdan xursand bo'lar edik. Hech qaysi murabbiy jamoani bunday kuchaytirishdan rad etmaydi. Ammo men Lionelni faoliyatini "Barselona"da yakunlaydi deb hisoblayman. Messi - janob "Barselona" - deydi Tuxel.

Oldinroq, Messi ispan klubidagi ishlardan norozi ekanligi va jamoasini o'zgartirishi mumkinligi aytilgan edi.

33 yoshli argentinalik futbolchi uchun da'vogarlik qilayotgan klublar PSJ, "Inter" va "Manchester Siti"dir.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal