“Turon”ni ikki nafar futbolchi tark etdi

Narzulla Saydullayev
3 mar 2021, 17:43
Superliga debyutanti bo'lgan Yaypanning “Turon” jamoasi bu yil o'z tarkibini mahoratli ijrochilar hisobiga kuchaytirib oldi.

Buning natijasida jamoada yaxshigina raqobat yuzaga keldi deyish mumkin. O'tgan mavsum PRO-Ligada jamoa safida yetakchi o'yinchilar sifatida gavdalangan himoyachi G'olibbek Sariboev bilan yarim himoyachi Doniyor Ismoilov yaqinda jamoasini o'zgartirishga qaror qildi. Chap qanot himoya chizig'ida jangavorligi bilan ajralib turadigan Sariboev joriy mavsumni ham PRO-Ligada o'tkazishni istab, “Dinamo”dan tushgan taklifni qabul qildi. Aytishlaricha G'olibbekka samarqandliklar jiddiy qiziqib qolgan va shu bois u “Turon” rahbariyati bilan maslahatlashgan xolda, jamoa bilan do'stona xayrlashgan.

Shuningdek 27 yoshli Doniyor Ismoilov ham bir yillik tanaffusdan so'ng yana “Andijon” jamoasiga qaytishga qaror qilgan ko'rinadi. Sababi o'ng qanot yarim himoyachisi yaqinda “burgutlar”ning ANdijondagi yig'iniga borib qo'shilganini ko'rdik.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia