Turkiya chempionatida faqat xorijlik VAR ishlaydi

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2025
20-turdan boshlab Turkiya chempionatida faqat xorijlik videohakamlar xizmatidan foydalaniladi.

Barcha o'yinlar xorijlik VAR yordamida o'tkazilmoqda. Shu bilan birga, AVAR funkciyalaini mahalliy aholi - ingliz tilini biladiganlar bajaradi.

Ko'rinib turibdiki, zamonaviy futbolda VAR'ning roli sezilarli darajada oshgan – ko'pincha ular hakamlarning o'zidan ko'proq narsani anglatadi. Turkiya futbol federatsiyasi dunyoda birinchi bo'lib shunday qadam tashlab, ishonchsiz hakamlarni almashtirdi. Yevropaning eng zo'r VAR hakamlari Superligaga kelmasligi aniq, chunki ular o'z chempionatlarida talabga ega.

Turklar xuddi shunday tajribani 2024 yil bahorida ham o'tkazishgan, o'shanda mamlakat futbol federatsiyasi UEFA hamda Italiya, Ispaniya, Germaniya, Gollandiya va Portugaliya assotsiatsiyalari bilan ushbu mamlakatlarning videoassistentlaridan foydalanish bo'yicha kelishuvga erishgan. Qisman xorijlik VAR Superliganing 32-38-turigacha tayinlangandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс