Tur murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev

1 apr 2019, 18:22
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev yosh tarkibi bilan "So'g'diyona"ni har taraflama mag'lubiyatga uchratdi.

Superliganing 2-turida Qarshida Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasini qabul qilgan "Nasaf" raqibining dastlabki mag'lubiyatiga sababchi bo'ldi. Ro'ziqul Berdievning mazkur o'yinga tanlagan rejasi butkul ish berdi va qarshiliklar o'yin borasida ham, natija bo'yicha ham muvaffaqiyat qozonishdi. Natijada jamoa 4 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi.

Garchi mavsum oldidan mavjud yetakchilaridan ayrilgan "Nasaf"da Ro'ziqul Berdiev yoshlar bilan ham raqobatbardosh jamoa tuzayotganini isbotladi. Ayni paytda Berdiev boshchiligidagi jamoa nafaqat o'yin sifati yoki chiroyli futbol ko'rsatish, balki shu orqali natijaga erishishni ham uddalamoqda. Buning zamirida esa albatta Ro'ziqul Berdievning mehnati yotibdi. Shu boisdan ham mazkur turda aynan murabbiylik mahorati evaziga g'alabani taminlagan Ro'ziqul Berdiev turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Superliga, 2-tur: Aktamovning haloskori - Elguja, uch xil natija bo'yicha yagonalikni saqlab turgan jamoalar va boshqa tafsilotlar haqida (tur sharhi) 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia