

Ayven Touni pul tikish qoidalarini buzganlikda ayblangan.
Angliya futbol assotsiatsiyasi davolariga ko'ra, "Brentford" va Angliya terma jamoasi hujumchisi 2017 yilning 25 fevralidan 2021 yilning 23 yanvariga qadar ushbu qoidalarni 232 marta buzgan.
O'yinchi ayblovlarga 24 noyabrgacha javob berishi kerak bo'ladi.
U APL joriy mavsumida 14 o'yinda 10 ta gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.



