"Tottenxem"da Lorisning o'rnini gruziyalik darvozabon egallashi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
23 may 2023, 15:48
"Tottenxem" "Valensiya" darvozabonini sotib olish haqida o'ylamoqda.

"Tottenxem" mavsum oxirida sardori Ugo Loris bilan xayrlashishga tayyorlanyapti. Vaholanki, kiperning klub bilan shartnomasi yana bir yil amal qilardi.

"The Athletic"ning xabariga ko'ra, "Tottenxem"da fransiyalik darvozabonning o'rnini Mamardashvili egallashi mumkin. Gruziyalik futbolchi qiyin davrni boshdan kechirayotgan "Valensiya" safida yaxshi mavsum o'tkazmoqda. Uning shartnomasida tovon puli 87 million funt etib belgilangan.

Avvalroq Mamardashvilini APLning boshqa klublari qatorida "Lester"ga o'tishi mumkinligi aytilgandi. Biroq "tulkilar" quyi divizionga tushib ketgan taqdirda, Gruziya terma jamoasining 22 yoshli golkiperi uchun kurasha olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: AS