"Tottenxem" yanvarda Dele Allini sotishga tayyor

Alisher
29 okt 2021
"Tottenxem" qishki transfer oynasida Dele Allini sotishi mumkin.

"Shporlar" 25 yoshli angliyalik futbolchini yaxshi taklif tushsa, sotib yuborishga tayyorlar.

Alli 2021/22 yilgi mavsum "Tottenxem" tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Futbolchi oktyabr oyida 5tadan faqatgina 1ta o'yinda harakat qildi: u Konferenciyalar Ligasi doirasidagi "Vitess" (0:1)ga qarshi o'yinda 90 daqiqa to'p tepdi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic