"Tottenxem" Viktor Osimxen uchun kurashga qo'shildi

Omonjon To`xtamirzayev
26 iyun 2023
"Tottenxem" "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen transferi uchun kurashga qo'shildi.

Jamoa yozgi transfer oynasida asosiy hujumchisi Xarri Keynni yo'qotishi mumkin.

Nigeriyalik futbolchiga esa "Chelsi", "Manchester Yunayted" va PSJ ham qiziqish bildirmoqda. Parijda u Kilian Mbappening o'rinbosari bo'lishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchining agenti shartnomani uzaytirish va yangi kelishuvda tovon pulini belgilash bo'yicha Aurelio De Laurentis bilan uchrashgan. Takidlanishicha, tovon puli kamida 150 mln evro bo'ladi. "Chelsi"ni bunday raqamlar qo'rqitib yubormaydi va "aristokratlar" yaqin vaqtlar ichida ushbu transfer borasida batafsilroq ma'lumot uchun italiyaliklar bilan bog'lanishi kutilmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Football Italia