"Tottenxem" Romero uchun 50 million evro taklif qiladi

Aziz Tukhtamuradov
31 iyul 2021, 09:17
"Tottenxem" "Atalanta" himoyachisi Kristian Romeroni o'z safiga qo'shib olish harakatida.

Londonliklar bu borada muzokaralar olib borishmoqda va futbolchi uchun 50 million evro to'lashga tayyorlar. 

Futbolchining o'zi ham "Tottenxem"ga o'tish istagida. 

Avvalroq, "Barselona" ham argentinalik futbolchiga qiziqqanligi haqida xabarlar tarqalgandi, ammo klub bu borada "Atalanta"ga rasmiy taklif yubormagan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano