"Tottenxem" Rodrigo uchun kurashga kirishdi

Alisher Ostonov
26 iyul 2025
"Tottenxem" Madridning "Real" klubi forvardi Rodrigoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, 24 yoshli hujumchi uchun "Liverpul", "Arsenal", "Chelsi" va Myunxenning "Bavariya" klublari ham davogarlik qilayotgani ma'lum bo'lgandi.

"Real" Braziliya terma jamoasi futbolchisi uchun kamida 100 mln evro ishlab olmoqchi. Rodrigo 2024/25 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, yozda "Real" bosh murabbiyini almashtirgan edi. Aniqrog'i, Karlo Anchelotti o'rniga Xabi Alonso jamoaga keldi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: as.com