"Tottenxem" "Real" himoyachisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
10 mar 2020, 23:16
"Real" himoyachisi Eder Militao APL klubi e'tiborini tortmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Tottenxem" 22 yoshli braziliyalikni transfer qilish imkoniyati bo'yicha "Real"ga murojaat qildi. Klub bosh murabbiyi Joze Mourinyuning shaxsan o'zi futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Eder Militao 2019 yil iyul oyida 50 million evro evaziga "Portu"dan transfer qilingan edi.

Joriy mavsumda braziliyalik "Real"da 9 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Desmarque