"Tottenxem" matbuot kotibi Pochettinoni himoya qildi

Aslanov Jasurbek
21 dek 2018
"Tottenxem" klubi jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoga "Manchester Yunayted" borasida berilishi mumkin bo'lgan barcha savollardan himoya qilmoqda.

"Shporlar" matbuot kotibi anjumanda jurnalistlardan MYU haqida savol bermaslikni so'radi.

"Siz matbuot anjumanining yulduziga aylanasiz" - deya hazillashdi Pochettino kotibga qarab.

Oldinroq, MYU argentinalik mutaxassis bilan shartnoma tuzish uchun "Tottenxem"ga 42 mln. evro to'lashga tayyorligi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN