"Tottenxem" "Kristal Pelas" himoyachisi Gexini ko'zlamoqda

Sherzod Nurmatov
10 fev 2023
Ingliz klubi "Pelas" himoyachisi Mark Gexini safiga qo'shib olmoqchi.

22 yoshli Gexi 2021 yilda "Chelsi"dan "Kristal Pelas"ga 18 mln funt evaziga o'tgan edi. Himoya chizig'i vakili 2022 yil mart oyida Angliya terma jamoasi kattalar jamoasida debyutini amalga oshirdi.

"Shporlar" yozda ikki markaziy himoyachi bilan shartnoma tuzmoqchi. Gexi esa 45 mln funt atrofidagi mablag' evaziga sotish uchun tayyor bo'lishi aytilmoqda.

Gexi joriy mavsum "Kristal Pelas" safida 23 ta rasmiy o'yinda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail