“Tottenxem” Keynga daxshatli oylikni taklif qildi

Alisher
12 iyul 2023, 08:10
“Tottenxem” har qanday yo'l bilan jamoasi sardorini olib qolmoqchi.

Londonliklar hujumchiga oyligi jiddiy tarzda oshgan yangi shartnomani taklif qildi. “Tottenxem” 29 yoshli futbolchiga haftasiga 400 ming funt berishga tayyor.

 Biroq kelasi yili erkin agent bo'lishi mumkin bo'lgan futbolchiga pul ahamiyatsiz bo'lib qoldi. Keyn sovrin yutishni istaydi va “Bavariya” orqali bunga erishish imkoni yuqori ekanligini his qilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Tottenxem” sardorini 140 million evroga sotishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com