"Tottenxem" Eriksenni sotishga tayyor va uning narxi ham ma'lum

Alisher
4 dek 2019, 15:38
Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Kristian Eriksen bilan shartnoma imzolashga urinish befoyda ekanligini tushundi.

Ingliz klubi 27 yoshli daniyalik futbolchini qishki transferlar oynasida sotishga tayyor.

"Shporlar" xavbek uchun boshqa klublardan 50 million evrodan boshlanadigan takliflarni ko'rib chiqishmoqchi.

Futbolchi uchun da'vogarlar orasida "Real", "Yuventus" va "Bavariya" klublari bor. Eriksenning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Kristian joriy mavsum APLda 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Evening Standart