"Tottenxem" YCHLning chorak finalini yangi stadionda o'tkazmoqchi

Aslanov Jasurbek
6 mar 2019, 16:42
"Tottenxem" YCHLning nim chorak finalida "Borussiya D"ni taslim qilganidan so'ng, jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino keyingi bosqich bahsini yangi stadion o'tkazmoqchiligini ma'lum qildi.

"Umid qilamanki, ¼ finalni yangi stadionimizda o'tkazamiz. Jamoadagilarning ko'pchiligida ham shunday xohish bor., - deydi 47 yoshli mutaxassis.

"Tottenxem"ning yangi stadioni kuzda foydalanishga topshirilishi kerak edi. Biroq, qurilishdagi kechikishlar va xavfsizlik choralarining yaxshi ko'rilmagani sabab, "shporlor" uy uchrashuvlarni "Uembli"da o'tkazmoqda. 

Ma'lumot o'rnida, YCHLning chorak final to'qnashuvlari aprelning o'rtalarida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Evening Standard