"Tottenxem" Depayni nishonga oldi

Mirjalol Normatov
11 noya 2019, 20:11
"Lion" hujumchisi Memfis Depay "Tottenxem" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, "shporlar" rahbariyati gollandiyalik futbolchini 50 million funtga sotib olishga tayyor turishibdi. Ushbu narx "Lion"ni qoniqtirishi mumkin. Biroq utgan yozda klub futbolchisini 65 million evroga sotib yuborishni istashmagandi.

Depayning xizmatlariga "Liverpul" hamda "Napoli" tomonidan ham qiziqishlar bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail