"Tottenxem" Dayer bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
21 iyul 2020, 16:40
"Tottenxem" yarim himoyachi Erik Dayer bilan shartnomani uzaytirdi.

"Shporlar" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, o'yinchi bilan tuzilgan yangi shartnoma 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Dayer 2014 yildan beri London jamoasida to'p tepadi va barcha musobaqalarda "shporlar" safida 239ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SpursOfficial