"Tottenxem" "Chelsi" himoyachisini ijaraga olishi mumkin

Alisher
29 sen 2020
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger klubini o'zgartirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, "Tottenxem" germaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqmoqda.

27 yoshli o'yinchining o'zi yangi klubiga o'tish uchun ochiq, u Yevropa chempionatida qatnashish uchun Germaniya terma jamoasi qaydnomasiga kirmoqchi.

Ammo, "Chelsi" o'zining raqobatdoshiga uni ijaraga berib yuborishi qiyin masala.

Ryudiger o'tgan mavsum Angliya chempionai doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports