"Tottenxem" asosiy futbolchisi 6 oyni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2023, 10:51
Futbolchi jiddiy jarohat olgan.

"Tottenxem" yarim himoyachisi Ivan Perishich o'ng tizzasi xochsimon bog'lamini shikastlab oldi. Bu mashg'ulot vaqtida sodir bo'ldi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

Xorvatiya terma jamoasining 34 yoshli futbolchisi yaqin orada operaciya qilinadi. Bunday jarohatlardan tiklanish muddati – taxminan 6 oy.

Perishich joriy mavsum "Tottenxem" safida 6 ta o'yin o'tkazdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com