Toshkentda OFK ayollar futboli kuniga bag'ishlangan futbol festivali bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
30 mar 2018, 14:54
Bugun 30 mart kuni O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) ayollar kuniga bag'ishlangan ananaviy futbol festivali bo'lib o'tdi.

Festivalda Toshkent shahrining barcha tumanlaridan 8-10 yoshdagi 200 nafardan ortiq qizlar ishtirok etdi.

O'quvchi qizlar 8 guruhga bo'lingan holda futbol o'yinining asosiy elementlari – estafeta, to'pni olib yurish, to'pni o'zaro oshirish, nazorat qilish kabi yo'nalishlar bo'yicha mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Har bir guruhga ajratilgan malakali murabbiylar ularga yo'l yo'riq ko'rsatib turishdi.

Festivalni o'tkazishdan asosiy maqsad bolalar sportini rivojlantirish va ommalashtirish, yoshlarda futbolga bo'lgan qiziqishni uyg'otish hamda sog'lom turmush tarzini ilgari surishdan iborat ekanligini ham alohida takidlash kerak.

Festival yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim qilindi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com