To'rt klub Xalk uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
27 yanv 2021, 09:04
Hujumchi Xalk Braziliya chempionatiga qaytishi mumkin.

"Flamengo" ayni damda erkin agent maqomida bo'lgan 34 yoshli braziliyalik futbolchi bilan muzokaralarni boshladi.

Uning so'nggi klubi "Shanxay SIPG" bo'lgan edi. Forvard uchun shuningdek "Beshiktosh", "Atletiko Mineyro" va "Istabul Bashakshexir" klublari ham da'vogarlik qilmoqda.

Transfermarkt portali futbolchini 2,5 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: UOL Esporte