Toprak: “Bayer”ning maqsadi bundesligada g'olib chiqishdan iborat”
Narzulla Saydullayev
25 sen 2013
Liverkuzenning “Bayer” klubi markaziy himoyachisi Omer Toprak, nemis jurnalistlariga bergan intervyusida “Bayer” chempionlik uchun kurashda g'olib bo'la olishini aytib o'tdi.
“Bizda yaxshi jamoa shakllangan va bundan tashqari “Bayer” tarkibida rotaciya uchun etarlicha futbolchilar mavjud. Klubning maqsadi bundesligada g'olib chiqishdan iborat”, - deydi Turkiya terma jamoasi futbolchisi.